Jahon | 00:50 / 19.10.2015
3120
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Madridga ikki kunlik tashrif bilan keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ispaniya poytaxti Madridga ikki kunlik tashrif bilan keldi.

Bu Kerrining AQSh Davlat kotibi sifatidagi Ispaniyaga birinchi tashrifidir. Kerri tashrif paytida Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Garsiya Margalo bilan uchrashadi hamda Transatlantik erkin savdo hududi yaratish kelishuvi, Yaqin Sharqdagi voqealar, Suriya va Liviyadagi vaziyatlar, terrorchilikka qarshi kurash va Lotin Amerikasi muammolarini muhokama qiladi. Kerri 19 oktabr, dushanba kuni Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy hamda mamlakat qiroli Felipe VI bilan uchrashadi.

Kerrining Ispaniyaga safari 31 mayga belgilangan edi, biroq buning arafasida Kerri Fransiyaning Sonze shahrida velosiped uchayotganda yiqilib, oyog‘ini sindirib olgani tufayli safarini bekor qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish