Jahon | 13:00 / 19.10.2015
7894
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Quyoshdagi kuchli portlash tasvirlarini e'lon qildi (VIDeO)

Quyoshda 13 oktabr kuni sodir bo‘lgan kuchli portlash NASA rasadxonalari kameralari tomonidan qayd etildi. Olingan tasvirlar asosida ishlab chiqilgan videoyozuv koinot agentligining rasmiy saytiga joylashtirildi.

E'lon qilingan videoyozuvda yulduz sathida protuberanets (Quyosh chetidan otilib chiqib yonib turgan gaz alangalaridan biri) yuqoriga ko‘tarilib, so‘ngra sekin-astalik bilan barham topishi tasvirlangan. Protuberanetslar o‘zida “beqaror” gaz bulutlarini muajassamlashtirgan bo‘lib, magnit maydoni ta'sirida bir muddat Quyosh yuzasida ushlanib turadi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Portlashdan keyin gaz buluti yana Quyosh sathiga qaytdi.

Foto va videotasvirlar ikki xil uzunlikdagi ultrabinafsha to‘lqinlarining qo‘shilishidan olingan. Inson ko‘zi bilan qaraganda ular ko‘rinmaydi va odatda qizil va bronza rangida namoyon bo‘ladi.