Jahon | 07:26 / 19.10.2015
2412
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi yana bir terakt tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-sharqida o‘zini portlatgan terrorchi 11 kishini hayotdan olib ketdi.

Agence France-Presse xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar Dar qishlog‘ida "Boko Haram" jangarilaridan qochib ketishga uringan tinch aholi vakillari edi.

17 oktabr kuni Nigeriyadagi masjidlardan birining portlatilishi tufayli o‘nlab kishilar halok bo‘lgandi.

Ayni vaqtda Niger va Nigeriya chegarasida favqulodda vaziyat joriy qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish