Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik muxbirga tug‘ruqxonadagi amaliyotni suratga olish ruxsat etildi
Jurnalist Rustam Shagayev tug‘ruqxonada o‘tkazilgan amaliyotda ishtirok etdi. “Novosti Uzbekistana” nashri uning reportaji va fotosuratlarini o‘z sahifalarida joylashtirdi.
Bola tug‘ilish jarayonini hujjatlashtirib, jurnalistik rakursda tasvirlab berishni istagan ijodkor amaliyotda bevosita ishtirok etdi va taassurotlarini yozdi.
U jarayonni quyidagicha tasvirlaydi: “U homiladorlikning to‘qqizinchi oyida edi. Bundan tashqari, uning bosimi oshib ketgan edi. Vaziyat juda og‘ir: hayot va o‘lim orasida ikki jon – ona va bola turibdi. Bemorning harorati oshgan, u o‘ziga kelmay alahsiramoqda. Shifokorlar konsiliumi qaror qiladi: “Kesar kesimi!”.
Reportajda aks ettirilganidek, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilib, onaning ham, bolaning ham hayoti saqlab qolindi.
“U ko‘zlarini ochdi, qo‘l va oyoqlarini qimirlatdi, uning tanasi ko‘z oldimizga ol tusga kira boshladi... Hamshiralar ko‘zi yoshga to‘ldi: hazilmi, yana bir inson dunyo yuzini ko‘rdi, uning onasi ham xavf ostida emas”, - xulosa qiladi Shagayev.