Jahon | 13:36 / 19.10.2015
4037
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda benzin narxi 1.7 somga arzonlashadi

Yoqilg‘i va moylash materiallariga belgilangan aksiz stavkalarining kamayishi hisobiga Qirg‘izistonda benzin narxi 1.7 somga arzonlashadi. Bu haqda mamlakat Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartishlarni kiritishga mo‘ljallangan qonun loyihasida aytiladi.

Hujjat kecha iqtisodiyot vazirligi tomonidan omma muhokamasiga taqdim etildi. Aktsiz stavkalarining 5 ming somdan 3 ming somga tushirilishi yoqilg‘i mahsulotlarining rasmiy olib kirilishi uchun zarur bo‘lgan qadamdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish