Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:30 / 19.10.2015
5660
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy chegarasida tanasiga 15ta telefon bog‘lab olgan qozog‘istonlik ayol qo‘lga olindi
Qozog‘iston-Xitoy chegarasidan o‘tishda tanasiga 15ta telefon bog‘lab olgan qozog‘istonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar bermoqda.
18 oktabr kuni Xorgos chegara postida chegarachilar 33 yoshli ayolning harakatlaridan shubhalanib, uni to‘xtatishgan va tekshiruvdan o‘tkazishgan.
Aniqlanishicha, kiyimning ichidan, tanasiga ayol 15ta smartfon yashirayotgan edi. Uskunalar tushib ketmasligi uchun u skotch va boshqa vositalar bilan ularni tanasiga mustahkamlagan edi.