Jamiyat | 10:03 / 19.10.2015
3446
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi yildan Turkmanistonda maoshlar va nafaqalar 10 foizga oshiriladi

2016 yilning 1 yanvaridan Turkmanistonda maoshlar, nafaqalar, pensiyalar va stipendiyalar hajmi oshiriladi. Bu keyingi yil uchun ishlab chiqilgan davlat byudjyetida ko‘zda tutilgan.

Davlat byudjyetini ishlab chiqishda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning maosh va nafaqalarni oshirish haqidagi ko‘rsatmasi inobatga olinganligi alohida qayd qilib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish