Sport | 09:29 / 20.10.2015
2729
1 daqiqa o‘qiladi

Beyl «PSJ»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl “PSJ”ga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Xabar qilinishicha, uelslik futbolchi jarohatini yangilab olgan.

Beyl sentabr oyi boshida jarohat olib, uch hafta maydonga tusha olmagandi.

"Real"ning "PSJ"ga qarshi o‘yinida jamoa yetakchilaridan yana 2 nafari, Luka Modrich va Karim Benzema jarohat tufayli ishtirok eta olishmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish