Jahon | 07:28 / 20.10.2015
6345
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari nimadan iboratligini aytdi

Kremlning Suriyadagi asl maqsadi prezident Bashar Asadga iloji boricha ko‘proq yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishida yordam berishdan iborat, deb yozmoqda noma'lum bo‘lib qolishni istagan rossiyalik rasmiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. Rossiya aviatsiyasi ishtirokidagi Suriyadagi kampaniya bir yil va undan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin, deb aytdi manbalardan biri.     

Rossiyaning Suriyadagi ixtilofga aralashuvidagi birinchi vazifasi Asad nazoratida bo‘lgan muhim shaharlar uchun radikal terrorchilar tomonidan solinadigan xavfni bartaraf etishdan iborat. 

Keyinroq Suriya shimoli va sharqida IShID terrorchilik guruhiga qarshi katta ko‘lamli hujum amalga oshiriladi. Agentlik manbalari fikricha, agar Asadga qarshi guruhlarni, shu jumladan terrorchilik guruhlarini qo‘llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni, Turkiya va Qatar Rossiyaning aralashuviga javob tariqasida harbiy yetkazib berishlarni keskin oshirsa, shunda Rossiyaga xavf paydo bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish