Sport | 14:44 / 20.10.2015
3287
1 daqiqa o‘qiladi

Esekiyel Lavessi «Barselona» bilan 3 yillik shartnoma tuzadi

"PSJ"ning argentinalik hujumchisi Esekiyel Lavessi faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatgan.

O‘ttiz yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda. U bir necha kun oldin "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan uchrashgani ma'lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Lavessi joriy mavsum parijliklar safida oxirgisi bo‘lishini aytgan edi. Futbolchi bilan shuningdek "Arsenal", "Inter" va "Valensiya" qiziqish bildirgan.

Ma'lumot uchun, Lavessi joriy mavsumda parijliklar safida 9 uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchi ushbu uchrashuvlarning yettitasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish