Jamiyat | 15:35 / 20.10.2015
5033
1 daqiqa o‘qiladi

Euronews telekanalida Samarqand haqida videoreportaj efirga uzatilishi boshlandi

O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadidagi ishlar rivojlantirilmoqda. Bugun, 20 oktabr kunidan Euronews telekanalida "Uzbekistan Life" axborot dasturi doirasida Buyuk ipak yo‘li merosi va qadimiy Samarqand shahri haqidagi videoreportaj efirga uzatilishi boshlandi. Bu haqda «O’zbekturizm» MK matbuot xizmati xabar bergan.

Ushbu reportajni tomoshabinlar 25 oktabrga qadar kuzatib borishlari mumkin.

Shuningdek, telekanal saytida ham bu videoreportaj joylashtiriladi.

"Uzbekistan Life" dasturi uchun Samarqand, Buxoro va Termiz tarixiy shaharlari haqida ko‘rsatuvlar tayyorlangan.

Ushbu ko‘rsatuvlar dunyoning 155 mamlakatidagi 370 milliondan ortiq auditoriyaga ega telekanal orqali 13 tilda efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyidan "Euronews" telekanalida Samarqand, Buxoro va Xiva haqidagi 30 soniyalik reklama roliklari namoyishi boshlangandi.