Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jibril Sisse futbolchilik faoliyatini yakunladi
Fransiyalik futbolchi Jibril Sisse 34 yoshidan futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.
"Endilikda men yuqori darajada futbol namoyish eta olmayman. Yanvar oyida jarrohlik amaliyoti stoliga yotishim kerak.
O‘z tanangni eshita olishing kerak. Ha, men futbolchilikni tark etayapman", deydi bu haqda futbolchining o‘zi.
Ma'lumot uchun, Sisse «Oser», «Liverpul», «Marsel», «Panatinaikos» va «Latsio» jamoalarida o‘zining yulduzlik onlarini o‘tkazgan. 2013 yilning iyulidan dekabrigacha u Rossiyaning «Kuban» jamoasi a'zosi bo‘lgan.
«Oser» tarkibida Sisse 2 marta Fransiya chempionatining eng yaxshi hujumchisi sifatida tan olingan, shuningdek 2 marta «Panatinaikos» safida Gretsiya chempionatining eng yaxshi hujumchisiga aylangandi.
2005 yilda u «Liverpul» bilan YeChL kubogini boshi uzra ko‘targan.
Jibril Sisse Fransiya terma jamoasi safida 41 marta maydonga tushib, 9ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.