Jamiyat | 23:00 / 20.10.2015
3632
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxlik tovlamachi tadbirkorlardan pul undirib yurganida qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Zarbdor tumani prokuraturasi fuqaro Abduxatib Rasulovni tovlamachilikda ayblab, uning ishini sudga oshirdi. O‘z navbatida, sud ayblovni qanoatlantirib, javobgarni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Aytilishicha, Abduxativ Rasulov tadbirkorlarga nisbatan tovlamachilik qilib, ulardan pul undirib kelgan. Ba'zi birovlarga o‘zini davlat ishchisi deb tanishtirgan, ba'zi birovlarini esa faoliyatidagi ayrim nuqsonlarni oshkor qilaman degan tahdidlar bilan qo‘rqitgan.

Shu yo‘l bilan u tadbirkorlardan 200 mingdan 600 min so‘mgacha pul undirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish