Jahon | 08:55 / 20.10.2015
2794
2 daqiqa o‘qiladi

Obama rekordchi fazogir Skott Kelli bilan bog‘lanib, uni tabrikladi

AQSh prezidenti Barak Obama fazoda uzoq vaqt davomida qolish bo‘yicha NASA rekordini o‘rnatgan amerikalik fazogir Skott Kelli bilan aloqa bog‘lab, uni tabrikladi. Bu haqda Obamaning tvitterida ma'lum qilingan.

Skott Kelli 16 oktabr kuni 382 kun davomida fazoda qolish orqali NASA rekordini qayd etgandi.

51 yoshli ushbu fazogir prezidentga o‘zini yaxshi his qilayotgani va o‘z missiyasini tugata olish uchun kerakli kuch hamda ishtiyoqqa egaligi haqida ma'lum qilgan.

Obama esa uning harakatlarini amerikaliklar kuzatib borishayotgani va u yerdagilar orasida mashhur bo‘lib ketgani haqida aytib bergan.

Shuningdek, prezident bu suhbat davomida bolalar ilm-fanga qiziqishlari muhim ekanini qayd etib o‘tgan.

Kelli 2016 yilning martida Yerga qaytishi kerak bo‘ladi.

Biroz oldinroq, qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan va keyinchalik mashhurlashib ketgan o‘smir Oq uyga kelgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish