Jamiyat | 18:24 / 20.10.2015
7557
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyaliklar futbol stadionlarida yashashga majbur bo‘lmoqda

2011 yil martidan buyon davom etayotgan ixtilof oqibatida 4 mln suriyalik qochqinga aylandi, 7.6 mln kishi uylarini tark etdi. Internet saytlarida chop etib borilayotgan reportajlarda bu insonlar qanday ahvolda yashayotgani, qayerda jon saqlayotgani ko‘rsatib berilmoqda.

Ko‘plab suriyaliklar uysiz qoldi. Ayrimlarning turar joylari vayron etilgan bo‘lsa, yana ba'zilarining xonadonlari birovlarning qo‘liga o‘tib ketdi yoki dushman ixtiyoridagi hududlarda qolib ketdi.

Zamonaviy Suriyaning eng tinch viloyati hisoblangan Lataqiyada Raqqa, Idlib, Halab va Dayr al-Zavrdan qochib kelgan 1.5 mln kishi yashamoqda.

Bu yerdagi turli obektlar uzoq yillardan buyon qochqinlar uchun makon bo‘lib kelmoqda. Jumladan, stadionlarda minglab odamlar kun ko‘rib kelmoqda.

Ko‘pdan beri o‘yinlar o‘tkazilmagan bir stadion ichiga o‘rnatilgan chodirlarda 7 ming kishi yashab kelmoqda. Ularning aksariyati 12 yoshga to‘lmagan bolalardir.

Lataqiya hokimi Ibrohim Salim hukumat bu insonlarga imkon qadar g‘amxo‘rlik qilayotganini, ularni uy-joy va ish bilan ta'minlashga urinayotganini ta'kidladi. Shuningdek, bolalar mahalliy maktablarda o‘qimoqda, deb ishontirdi hokim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish