Sport | 18:43 / 20.10.2015
3280
2 daqiqa o‘qiladi

«Ximki» jamoasi stadioni nomi «Etihad Arena» sifatida o‘zgartirilishi mumkin

Rossiyaning «Ximki» jamoasi BAA milliy aviakompaniyasi Yetihad Airways bilan homiylik shartnomasi imzoladi.

"Biz Rossiya futboli imijini yanada yaxshilash uchun jiddiy qadam tashladik. Dunyo darajasidagi aviakompaniya bilan tuzilgan homiylik shartnomasi bir qador tijoriy loyihalarni amalga oshirish va sport tuzilmalarini barpo etish imkonini beradi.

Biz 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogi va 2018 yilgi mundial arafasida o‘z tuzilmalarimizni rivojlantirishimiz mumkin.

Iyun oyidan beri muzokaralar o‘tkazib kelayotgandik. Hamkorlikning birinchi yilida homiylar jamoamiz uchun BAA yoki Yevropada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil qilib berishlari nazarda tutilgan", deydi klub direktori Tajutdin Kachukayev.

Shuningdek, ushbu shartnoma doirasida «Ximki» jamoasi stadioni nomi «Etihad Arena» sifatida o‘zgartirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Rossiyaning quyi ligasida, "G‘arb" zonasi hududida harakat qilayotgan «Ximki» jamoasi keyingi yilda RPLda qatnashish uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish