Jahon | 00:14 / 20.10.2015
3306
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Laos bilan chegaradagi iqtisodiy hududga 31,4 mlrd dollar kiritishni rejalashtirmoqda

Xitoy Laos bilan chegaradagi iqtisodiy hudud loyihasiga 200 mlrd yuan (31,4 mlrd dollar) investitsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi 19 oktabrda Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi.

Yunnan viloyati rivojlanish va islohotlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Sishuanbann-Day muhtor okrugida joylashadigan Menla iqtisodiy hududi transport aloqasi, ta'lim, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi 240 dan ko‘proq turli loyihalarni birlashtiradi.

Hududning maydoni 4,5 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Hududni qurish avgustdan Yuysi-Moxan temir yo‘l liniyasini barpo qilishdan boshlangan. Ayni paytda Menla aeroportini qurish ishlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Temir yo‘l liniyasi va aeroport 2020 yilga qadar foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hudud, shuningdek, Laosning Boten shahrini ham qamrab oladi. Xitoy va Laos o‘rtasidagi iqtisodiy hudud ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyot, savdo va investitsiyalarning rivojlanishiga ko‘mak berishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish