Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada merlikka nomzod o‘quvchilar bilan uchrashuvi paytida yurak xurujidan vafot etdi
Argentinaning Puerto-Iguasu shahri merligi uchun o‘z nomzodini qo‘ygan Manuel Alvares saylovoldi kampaniyasi doirasida maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv chog‘ida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda La Nacion nashri xabar bergan.
"Merlikka nomzod yuzlab o‘quvchilar qarshisida yurak xuruji tufayli yiqilib, jon berdi", deyiladi xabarda.
Alvares o‘zini yomon his qila boshlagani uchun tark etgan, sal o‘tib qaytgan va bu uchun uzr so‘rashga chog‘langan. Lekin u uzrini yetkazishga ulgurmagan va olamdan o‘tgan.
57 yoshli siyosatchi yerga qulagach, unga shifokorlar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishgan, lekin u o‘ziga kelmagan.