Jahon | 13:38 / 21.10.2015
5117
1 daqiqa o‘qiladi

Asad rossiyaliklarga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi

Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida ko‘rsatilayotgan yordam uchun Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Kreml sayti orqali xabar qilindi.
“Suriyaning birligi va mustaqilligi uchun kurashayotganingiz uchun rahmat. Asosiysi, buning barchasi xalqaro qonunchilikka muvofiq amalga oshirilmoqda”, - dedi Asad.

Asad aynan Rossiyaning yordami jangarilarning butun Suriya hududini egallashiga monelik qilganini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish