Jamiyat | 10:57 / 21.10.2015
3150
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh Assambleyasining sobiq raisi korrupsiyada ayblandi

Nyu-Yorkdagi katta jyuri BMT Bosh Assambleyasining sobiq raisi, Antigua va Barbudaning doimiy vakili Jon Eshga korrupsiya ayblovini qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Makaoda obektlar qurilishi bilan bog‘liq ravishda korrupsiyaga qo‘l urgan xitoylik developer Ng Lap Seng va yana uch kishiga ayblovlar o‘qildi.

Aytilishicha, Jon Esh tashkilot bosh kotibiga Makaoda BMT konferents-markazining qurilishi zarurligini asoslovchi maktub taqdim etgan. Uning qurilishi esa Ng Sengning kompaniyasiga berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish