O‘zbekiston | 19:22 / 21.10.2015
8533
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida O‘zbekistonning ba'zi tumanlarida harorat -7 darajagacha pasayadi

23-25 oktabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati 0 +2 (ayrim joylarda -2 darajagacha sovuq tushadi), kunduzi +8…+10 darajagacha pasayadi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

23-25 oktabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy mintaqalarida havo harorati kechalari -5…-7 darajagacha pasayadi. Kunduz kunlari esa harorat +5…+7 darajaga teng bo‘ladi. 

22 oktabr kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi, 23-25 oktabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 oktabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida sel kelish xavfi bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish