Texnologiya | 19:56 / 21.10.2015
2583
1 daqiqa o‘qiladi

Intel Xitoydagi zavodga 5,5 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Mikroprotsessorlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi eng yirik kompaniya — Intel Xitoyning Dalyan shahrida joylashgan yarimo‘tkazgichlar zavodiga bir necha milliardlik investitsiya kiritish haqida ma'lum qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, fabrika yangi avlod xotira mikrosxemalarini ishlab chiqarishga qayta yo‘naltiriladi.

Yaqin uch—besh yil ichida Intel Xitoydagi korxonaga 3,5 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi, keyinchalik xarajatlar miqdori 5,5 milliard dollargacha ortishi mumkin.

Qiymati taxminan 2,5 mlrd dollarga teng zavod faoliyati 2010 yilda boshlangan edi. AQSh hukumati tomonidan Intel mahsulotlarining Xitoyga eksporti hajmiga cheklovlar joriy etilganidan so‘ng kospaniya mazkur fabrikada eskirgan 65 nm li texnologik jarayon bo‘yicha chiplar ishlab chiqarishga majbur bo‘ldi.
2016 yilning ikkinchi yarmida bu yerda doimiy xotira-chiplari, xususan, Micron bilan hamkorlikda tayyorlangan 3D NAND chiplarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish