Jahon | 21:33 / 21.10.2015
3530
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev yaqin orada AQShdan to‘plarga qarshi radarlar olishini e'lon qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko noyabr o‘rtasida Kiyev AQShda ishlab chiqarilgan uzoq ta'sir qilish radiusidagi batareyaga (bir necha to‘p yoki minomyot bilan qurollangan bo‘linma) qarshi radarlar olishini ma'lum qildi. Bu haqda Poroshenko Ivano-Frankovskdagi oliy ta'lim muassasalaridan birining talabalari bilan uchrashuvi davomida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Interfaks-Ukraina” axborot agentligi.

Poroshenkoning aytishicha, Vashington shu tariqa Kiyev bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirmoqda. “Men Barak Obama bilan uchrashganimdan keyin noyabr o‘rtalarida bizga uzoq masofadagi maxsus batareyalarga qarshi stansiya kelishidan juda faxrlanmoqdaman”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

Poroshenko yangi qurilmalar mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga imkon berishiga ishonchi komilligini aytdi. “Frontgacha 10 kilometrlab yiroqdan dushman bizga qayerdan o‘t ochayotganini aniqlashimiz mumkin”, deb aytdi Poroshenko.

Pentagon iyulda Ukrainaga 24 km dan 50 km gacha radiusda bo‘lgan raqib batareyalarini aniqlovchi batareyalarga qarshi radarlarni yetkazib berishga qaror qilgan edi. Ushbu qaror Oq uyga tasdiqlanish uchun yuborilgan edi.

Bungacha Vashington Ukrainaga aniqlash radiusi 9,5 km bo‘lgan 20 taga yaqin minomyotlarga qarshi radar yuborgan. Kiyev, shuningdek, AQShdan tungi ko‘ruv asboblari, dori-darmon qutilari (aptechka) va bronejiletlar olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish