O‘zbekiston | 20:00 / 21.10.2015
4561
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining real daromadi 11,6 foizga oshgani xabar qilindi

2015 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining real umumiy ichki daromadi 11,6 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning shu davriga nisbatan asosiy ijtimoiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur'atlari kuzatildi. Jumladan, hisobot davrida band aholi soni – 1,9 foizga, o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi – 17,1 foizga, o‘rtacha pensiya miqdori – 20,7 foizga, aholining real umumiy ichki daromadlari – 11,6 foizga o‘sdi.

2015 yil yanvar-sentabr yakunlari bo‘yicha boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur'atlari quyidagilarni tashkil qildi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 107,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsuloti – 106,6 foiz, asosiy kapitalga investitsiyalar – 109,9 foiz, qurilish ishlari – 118,7 foiz, chakana tovar aylanmasi – 115,0 foiz, bozor xizmatlari – 112,9 foiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish