Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Istanbuldagi turnirda ishtirok etishadi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan "Ahmet COMERT" xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston sharafini -49 kg. vazn toifasida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni Otabek Xolmatov, o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati kumush medal sohibi Oybek Jo‘rayev , "Youth National Cup" turniri g‘olibi Shunqor Abdurasulov, kichik Geydar Aliyev turniri kumush medali sohibi Behruz Rahmonov , o‘smirlar o‘rtasida mamlakat chempioni Sanjar Tursunov va mamlakat chempionati sovrindorlari Ziyodbek O‘rolov , Ulug‘bek Sobirov , Shohruhbek Rustamov bilan birga jamoaning tajribali bokschilari Obidjon Tohirov hamda Eldor Merjanov himoya qilishadi.
Shuningdek, ushbu musobaqada Qozog‘istondan 9 nafar, Eron va Koreyadan 8, Iordaniya 4, Turkmaniston 3, Afg‘onistondan 1 nafar bokschi g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.