Jahon | 18:30 / 21.10.2015
4545
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari Suriyada 83 obektga zarba berdi

Rossiya aviaguruhi Suriyada bir kun davomida 83 aviazarbani amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi.

“Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi samolyotlari o‘tgan sutka mobaynida 46 harbiy parvozlarni amalga oshirib, terrorchilar infrastrukturasiga aloqador 83 obektga zarbalar berdi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish