Jahon | 20:15 / 21.10.2015
3593
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV Suriyada rossiyaliklarning halok bo‘lgani haqidagi xabarni axborot urushining bir qismi deb atadi

Xorijiy OAVlarning Suriyada aviazarbalar natijasida rossiyaliklarning halok bo‘lgani haqidagi xabarlari axborot urushining bir qismi hisoblanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.

“Muammo shundaki, shunday katta ko‘lamli materialni tayyorlashda Reuters agentligi biror marta Tashqi ishlar vazirligiga bu borada qo‘ng‘iroq qilmadi”, deb aytdi Zaxarova.

Zaxarovaning ta'kidlashicha, ular Rossiya davlat tuzilmalariga murojaat qilib, Rossiya fuqarolarining o‘limi haqidagi ma'lumotni tekshirib ko‘rishlari kerak edi.

“Bizning ma'lumotni tekshirishga vaqtimiz yo‘q, biz materialni berishimiz kerak” degan vajlar asosida axboriy xurujlar yaratiladi. Ular hattoki telefon qilib tekshirib ko‘rishni ham lozim topmaydilar. Ular bizga qo‘ng‘iroq qilmaydilar. Chunki ular biz ma'lum fursat olib, ma'lumotni tekshirib, o‘z fikrimizni bildirishimizni biladilar, u holda ularning axborotlari yo‘qqa chiqadi, yozishga hech narsa qolmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 20 oktabrda Reuters axborot agentligining Suriyada 3 nafar rossiyalik halok bo‘lgani haqidagi xabarini inkor etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish