Jahon | 15:37 / 21.10.2015
3977
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik deputatlar 22 oktabr kuni Suriyaga yo‘l oladi

Rossiya parlamentariylari delegatsiyasi payshanba, 22 oktabr kuni Suriyaga yo‘l oladi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi delegatsiya rahbari, Rossiya Federal kengashining mudofaa qo‘mitasi a'zosi Dmitriy Sablin ma'lumotiga asoslanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, parlamentariylar Suriya prezidenti Bashar Asad va mamlakat hukumati bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.

“Biz Suriya prezidenti Bashar Asad, SAR parlamenti rahbariyati bilan uchrashib, muzokaralar olib borishni rejalashtirganmiz”, - dedi Sablin. Shuningdek, senator delegatsiya tarkibiga deputatlardan Sergey Gavrilov va Sergey Ishchenko ham o‘rin olganini aytib o‘tdi.

Uchrashuvlar vaqtida insonparvarlik yuklari, jumladan, dori-darmon va bolalar ozuqalarining yetkazilishi masalalari ham muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktabr kuni Moskvaga tashrif buyurgan Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashdi. Unda ikki tomon Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasini davom ettirish masalasini muhokama qilishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish