Iqtisodiyot | 10:48 / 22.10.2015
2944
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya parlamenti XXR bilan erkin savdo kelishuvini ma'qulladi

Avstraliya federal parlamenti vakillar palatasi Xitoy bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi.Bu kelishuv tomonlar o‘rtasida o‘tgan yilning noyabrida 10 yillik muzokaralar yakunlariga ko‘ra tuzilgan edi.

U yaqin 4 yil ichida Avstraliyaning Xitoyga eksportining 93 foiziga nisbatan tariflar va bojlarning bekor qilinishi ko‘zda tutadi. Shuningdek, u Avstraliyaning moliyaviy tashkilotlari hamda tibbiy va texnologik yo‘nalishlardagi kompaniyalariga Xitoy bozoriga yo‘l ochib beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish