Jahon | 21:59 / 22.10.2015
3585
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an G20 sammitida Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an noyabrda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriyadagi inqirozni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

21 oktabrda Putin Erdo‘g‘an bilan telefon orqali Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi va bir kun avval Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashuv o‘tkazganini ma'lum qildi. Prezidentlar, shuningdek, Antaliyada noyabrda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitidagi uchrashuvda bu va boshqa masalalarni batafsilroq muhokama qilishga kelishib oldilar.

“Biz Putin bilan telefonda suhbatlashdik. Putin menga Suriya bo‘yicha munosabatini bildirdi. Biz 15 noyabrda Antaliyada G20 sammiti doirasida uchrashib, bu muammoni batafsil muhokama qilishga qaytmoqchimiz”, deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada huquqshunoslar bilan uchrashuvida.

Erdo‘g‘an Rossiyaning Suriya bo‘yicha pozitsiyasidan to‘liq qoniqmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Xususan, Anqara Rossiya va AQSh turk hukumati Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblayotgan Suriyaning kurd demokratik ittifoq partiyasini terrorchilik tashkiloti deb hisoblamayotganidan tashvishlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish