Sport | 19:03 / 22.10.2015
3961
1 daqiqa o‘qiladi

Gongkongda ko‘rinishi Shvaynshtaygerni eslatadigan "fashistik qo‘g‘irchoq" ishlab chiqarilmoqda

Xitoyda tashqi ko‘rinishi "Manchester Yunayted"ning germaniyalik yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerdan nusxa olingan qo‘g‘irchoq soldatlar ishlab chiqarila boshladi.

Bild nashri xabariga ko‘ra, Gongkongda Ikkinchi jahon urushi askari sifatida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bu qo‘g‘irchoqqa "Bastian" nomi berilgan.

Qo‘g‘irchoqning narxi 108 yevroni tashkil etadi.

Ushbu loyihaga qo‘l urgan kompaniya vakilining aytishicha, futbolchi bilan o‘xshashlik shunchaki tasodif, qo‘g‘irchoq uchun tanlangan ism ham shunchaki odatiy nemischa ismdir.
O‘z navbatida ikkinchi tomon boshqa fikrda.

"Bu Shvaynshtaygerning huquqlarini ochiqchasiga buzishdir. Uni svastikali soldatga aylantirib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular mijozimni qattiq haqoratlashgan va obro‘sizlantirishgan", deydi yurist Ulrix Amelung.

Futbolchi kompaniyani sudga berishga hozirlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish