Jahon | 15:50 / 22.10.2015
2797
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Xitoy Britaniya kiberhududiga tahdid qilmaslikka va'da berdi

Xitoy Britaniya tijoriy sirlarini o‘g‘irlash va inson huquqlari bilan shug‘ullanish uchun kiber josuslikdan foydalanmaslikka va'da berdi, deya yozmoqda The Guardian.
Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron kiberjosuslikdan voz kechish to‘g‘risidagi kelishuv Xitoy va Britaniya o‘rtasida yanada yaqin aloqalarning o‘rnatilishi uchun birinchi qadam bo‘ldi, deya ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, mamlakatlar xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilib, do‘sti haqidagi maxfiy ma'lumotlar yoki intellektual mulklarni to‘plashga kirishmaydi.
Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Britaniya hukumat aloqa markazi britan kompaniyalariga uyushtirilayotgan kiberhujumlar xavotirli darajaga yetganini qayd etgan. Markaz xodimlarining fikricha, hujumlar Rossiya va Xitoydan turib uyushtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktabrdan buyon XXR raisi Si Tszinpinning Britaniyadagi rasmiy tashrifi davom etmoqda. Tashrif jarayonida britan va xitoy tadbirkorlari o‘rtasida umumiy miqdori 62 milliard dollardan iborat 150dan ziyod shartnomalar imzolanadi. Xitoy yetakchisi va uning turmush o‘rtog‘i Pen Liyuan 23 oktabrga qadar Bukingem saroyida istiqomat qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish