Jamiyat | 11:45 / 22.10.2015
6790
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki qozog‘istonlik moskvalik sotuvchilarni haqoratlaganini videoga olishdi

Qozog‘istonlik yosh juftlik Rossiya poytaxti Moskva shahridagi savdo majmuasida sayr qilar ekan, qiz qozoq tilini bilmaydigan sotuvchilarga o‘z tilida haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilganini video tasvirga olishdi. Uning hamrohi haqoratli jumlalarni qisqa va noto‘g‘ri tarjima qilib, sotuvchilaring ustidan kulishgan.

Mazkur rolik internetga joylashtirilganidan so‘ng qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik qozog‘istonlik foydalanuvchilar bundan uyatda qolishganini ma'lum qildi, deya xabar berdi 31- kanal. Ikki yarim daqiqalik rolikdan ko‘rish mumkinki, juftlikning “sarguzashti” muvaffaqiyatli yakun topmadi.

Navbatdagi kiyim do‘konlarining birida qiz odatdagiga ko‘ra haqoratli so‘zlar bilan sotuvchiga murojaat qilganida, kutilmaganda o‘z tilida javob oldi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu do‘kon konsultanti qozoq tilini biladigan chiqib qoldi va ularning mazaxlariga tezda barham berildi.