O‘zbekiston | 16:32 / 22.10.2015
14889
6 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Ichki ishlar idoralari xodimlarining bir guruhini mukofotladi

2015 yil 22 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida” farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA saytida e'lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i Karimov Israil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;

Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ibragimov Valijon II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan;

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili Metinov Toxir Boltaboyevich,

Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qulmurodov Shuxrat,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti kotibiyati boshlig‘i Pak Vladimir,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi Saparniyazov Baxadir,

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bo‘linma boshlig‘i Shestokrilov Eduard “Do‘stlik” ordeni bilan;

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Bozorov Azimjon,

Andijon viloyati Baliqchi tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi katta tezkor vakili Mansurov Ziyodbek,

Surxondaryo viloyati Termiz shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi katta yong‘in o‘chiruvchisi Tashaliyev Sulaymon,

Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tillayev Ikrom,

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar

otryadi katta mutaxassisi Turg‘unov Oybek “Mardlik” ordeni bilan;

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar

otryadi katta mutaxassisi Jumayev Xolakbar,

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Sadiyev Sunnatillo,

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar

otryadi katta mutaxassisi Fayzullayev Komiljon,

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi

kurashish boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili Xalimov Alisher,

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘in o‘chiruvchisi Xoliqov G‘ofurjon,

Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘in o‘chiruvchisi Yaqubov Dilshod (marhum)“Jasorat” medali bilan;

Andijon viloyati Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Axmadaliyev Elmurot,

Toshkent viloyati Bekobod tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Bekmuratov Ravshan,

Jizzax viloyati Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Gulbayev Anvar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi moliya-iqtisod bo‘limi bosh muhandis-iqtisodchisi Jaksimuratov Koshkarbay,

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ibragimov Oybek,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasi gospitali boshlig‘i Mamurov Bohodir,

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni komandirining o‘rinbosari Narziyev Sayotxon,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi harbiy qismi shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘linmasi boshlig‘ining katta yordamchisi Saparov Zayniddin,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot markazi bo‘linma boshlig‘i Turayeva Gulnora,

Transportdagi Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig‘ining yordamchisi Xidirov Abduqayum “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan;

Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori Abdullayev Xayrullo,

Toshkent shahar Sergeli tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori Samikov Xikmat,

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi Sobirov Xurshid,

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasitezkor vakili Temirbulatov Damir,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maxsus otryadi guruh komandiri Xudoyberdiyev Oybek,

Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bo‘linma komandiri Sharipov Sunnatillo,

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Sherqulov Xolmurod “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish