Jahon | 12:54 / 22.10.2015
2975
1 daqiqa o‘qiladi

Kubada qirg‘oqbo‘yi akulalarini muhofaza qilish bo‘yicha dastur qabul qilindi

Kuba hukumati qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi akulalarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihani tasdiqladi.

Kubaning iqtisodiy zonasida dunyodagi mavjud 500 turdagi akulalarning 100ga yaqin turini uchratish mumkin.

Keyingi 2 yil davomida Gavana jonivorlarni himoya qilish tashkilotlari Amerika atrof-muhitni muhofaza qilish fondi bilan hamkorlikda qo‘riqxonalar tashkil qilish bo‘yicha ish olib borishdi.

Bundan tashqari, yangi hujjat bo‘yicha akulalarning xastaliklarga chalinishi oldi olinishi ko‘zda tutilgan.

Kubada bir necha yil oldin akulalarni ovlash man qilingandi.

Butun dunyo ekologlari okeanlarda akulalarning kamayib borayotgani haqida bong urishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish