Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama 612 mlrd dollarlik mudofaa byudjyetiga veto qo‘yadi
AQSh prezidenti Barak Obama mudofaa siyosati sohasidagi qonun loyihasiga veto qo‘yishni mo‘ljallamoqda. Stars and Stripes gazetasida yozilishicha, bu loyiha qiymati 612 mlrd dollarga teng bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, AQShning harbiy xarajatlari xalqaro harbiy amaliyotlarni moliyalashtirish zarurati tufayli oshgan.
Bundan tashqari, Obama Guantanamo harbiy-dengiz bazasidagi qamoqxona yopilishiga qarshi taqiqni qo‘llamoqchi emas. Uning matbuot kotibi ma'lum qilishicha, Obama veto huquqidan foydalanadi.
Biroz oldinroq, AQSh kongressi 2016 yilgi mudofaa xarajatlari bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilgan. Unga ko‘ra qamoqxonalarda mahbuslarni tergov qilishni taqiqlash bo‘yicha o‘zgartirishlar qilingandi.