Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston uran xomashyo bazasini oshiradi
O‘zbekiston yaqin 5-7 yil ichida uranning mineral-xomashyo bazasini bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga anchagina oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri xabar bermoqda.
Manbaning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekiston uran zahiralari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiradi, 2014 yilda uni qazib olish bo‘yicha 12-o‘rinni egallagan.
“Respublikada uran qazib olish yer osti ishqor bilan yuvish kabi samarali va ekologik toza usul bilan amalga oshirilmoqda. Uran bilan birga reniy, skandiy, selen, noyob elementlar olinadi”, deb ta'kidlamoqda manba.
Hozirda uran qidirish ishlari Jasag‘in, Mullalin, Shimoliy-To‘xtin, Jongeldi, G‘arbiy-Ziyovuddin maydonlarida, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari va Sharqiy Baxala hududlarida olib borilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston uchun noan'anaviy uran ma'danlashuvining qora slanetsli va gidrotermal turlari geologorazvedkasi boshlangan.