Jamiyat | 12:07 / 22.10.2015
4855
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpinni Britaniyada imperatorlardek qabul qilishdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Britaniyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda. Mazkur tashrif davomida 62 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan. Xabarlarda keltirilishicha, Xitoy yetakchisini Londonda imperatorlardek qarshi olishdi.

Britan qirolligiga tegishli barcha vositalar: zarhallangan kareta, faxriy qorovul va Xitoy bayrog‘ini ko‘tarib olgan minglab londonliklar xitoylik faxriy mehmonga peshvoz chiqdi. Tashrifning birinchi kuni Bukingem sarofida shohona kechki ziyofat berildi. Uning menyusidan oliy fransuz taomlari o‘rin egalladi.

Qabulga tayyorgarlikni qirolicha Yelizaveta Ikkinchining shaxsan o‘zi nazorat qilib turdi – tashqi ko‘rinish va gullarni o‘zi tanladi. Bularning barcha London va Pekinning global hamkorligini e'lon qilish uchun amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktabr kuni XXR raisi Si Tszinpin turmush o‘rtog‘i Pen Liyuan hamrohligida to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Britaniyaga keldi.

Tashrif jarayonida britan va xitoy tadbirkorlari o‘rtasida umumiy miqdori 62 milliard dollardan iborat 150dan ziyod shartnomalar imzolanadi.
Xitoylik mehmonlar 23 oktabrga qadar Bukingem saroyida istiqomat qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish