Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegraph: Yaponiyada tatu bilan jamoat yuvinish joylariga kirish taqiqlandi
Yaponiyadagi mehmonxonalarning aksariyati jamoat joylaridagi yuvinish xonalariga tatuirovkali mijozlarning kirishini taqiqlab qo‘ydi, deb yozmoqda The Telegrapgh.
Yaponiya milliy sayyohlik tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat hududidagi 56 foiz mehmonxona ana shu taqiqni qo‘llamoqda. Taqiq, nafaqat, yapon aholisiga, balki tatui bor chet el fuqarolariga ham taalluqlidir.
Faqatgina 31 foiz mehmonxonagina tatuli mijozlariga jamoat yuvinish joylariga kirishga izn bergan. 13 foiz mehmonxona esa, bunday joylarga tatularini berkitib kirishsagina ruxsat berishlarini ma'lum qilgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, Yaponiyada G‘arbniki singari tatuli odamlar ko‘p emas. Aksari hollarda yakudza guruhi a'zolaridagina tatuni uchratish mumkin.