Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Andijon" jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Toxir Kapadze "Neftchi"ni tark etdi
Farg‘onaning "Neftchi" klubi raisi Toxir Kapadze o‘z lavozimini tark etgan.
Jamoada uning o‘rnini Farg‘ona viloyati futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelgan Salimjon Zokirov egalladi. Toxir Kapadze Farg‘ona viloyati futbol Federatsiyasiga vitse-prezident etib tayinlandi. Ya'ni mutaxassislar o‘rtasida o‘ziga xos "rokirovka" bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, bu o‘zgarish farg‘onaliklarning Oliy liga 25-turida "Andijon"dan mag‘lub bo‘lishidan keyin sodir bo‘ldi. Aynan shu mag‘lubiyatdan keyin "Neftchi" keyingi mavsumda xalqaro maydonlardagi ishtirokni ta'minlaydigan 4-o‘rinni egallash imkonidan mahrum bo‘ldi.
Toxir Kapadze "Neftchi"da o‘tgan yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda qoniqarsiz natijalar tufayli Murod Ismoilov jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan, uning o‘rniga Andrey Fyodorov tayinlangandi.