Jahon | 09:35 / 23.10.2015
3444
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning BMTdagi vakili Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasiga salbiy munosabat bildirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauer Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi chog‘ida Rossiyaning SARda o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi mamlakatdagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirgani hamda bu jihatdan IShID terrorchilariga qo‘l kelayotganini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Rossiyaning yangi hujumkor operatsiyasi vaziyatni yanada murakablashtirdi”, - ta'kidladi u.
Uning fikricha, Rossiya aviazarbalarining asosiy nishonlari fuqarolik infrastrukturasi obektlari hamda IShIDga qarshi turuvchi guruhlar bo‘lmoqda.
Pauerning so‘zlariga qaraganda, Rossiya samolyotlari Halab va Xomsda Asadning qo‘shinlariga ko‘mak bermoqda, Asad tarafdorlari ichida esa Eron va “Hizbulloh” qismlari bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish