Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Bashar Asadning xotirjam ekanini ma'lum qildi
Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvaga uyushtirgan so‘nggi safari chog‘ida o‘zini besh yil avvalgidek xotirjam tutdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘z feysbukida yozdi.
“Uni so‘nggi bor 2010 yil may oyida Damashqqa bo‘lgan safarimda ko‘rgan edim. O‘shanda Suriya butunlay boshqacha mamlakat edi – sokin va rivojlangan. 2011 yildan suriyaliklar hayoti daxshatga aylandi: urush, terror, o‘lim, diniy qadamjolar va dunyo ahamiyatiga molik yodgorliklarning vayron etilishi.
Qayd etishni istardimki, yillar o‘tganiga qaramasdan prezident Asad Moskvaga uyushtirgan so‘nggi safari chog‘ida besh yil avvalgidek xotirjam va vazmin edi”, - dedi Medvedov. Bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya hech qachon Suriya masalasidagi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi va faqat qonuniy hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Suriya prezidenti Bashar Asad 2015 yil 20 oktabr kuni Moskvaga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda Rossiya oliy rahbariyatining vakillari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarda ishtirok etgan.