Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:26 / 23.10.2015
2607
1 daqiqa o‘qiladi
Mogerini Asadni Suriyadagi siyosiy o‘tish jarayoniga jalb qilishga chaqirdi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Suriya prezidenti Bashar Asadning mamlakatdagi siyosiy o‘tish jarayonida ishtirok etishini muhim deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“O‘ylaymanki, Iroqdagi darsdan siyosiy jarayonlar va o‘tishlar faqat xavfsizlikni kafolatlashi emas, unga jamiyatning barcha qatlamlari jalb qilinishi lozimligini ko‘rsatdi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Suriyada bu borada ish olib borilayotgani hamda Asad jarayonning tarkibiy qismi bo‘lishini ta'kidladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish