Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov: Qur'on va Injildagi muqaddas yozuvlar haqidagi qonun Nuh payg‘ambar o‘z kemasida suzishni to‘xtatgan muqaddas kun qabul qilindi
Muqaddas kitoblardagi yozuvlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasi 23 oktabrda Rossiya Davlat dumasi tomonidan Nuh payg‘ambar o‘z kemasida suzishni to‘xtatgan kun sifatida nishonlanadigan Oshuro kunida (Muharram oyining o‘ninchi kuni) qabul qilindi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
14 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga Qur'on, Injil muqaddas kitoblaridagi matnlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi. Davlat dumasi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun loyihasining matni juda jo‘n yozilgan: “Injil, Qur'on, Tanax va Ganjura, ularning mazmuni va ulardan olingan matnlar ekstremistik materiallar deb tan olinishi mumkin emas”.
Bunday qonunning qabul qilinishiga Janubiy Saxalinsk sudi hakami tomonidan “Allohga duo: uning islomdagi ahamiyati va o‘rni” deb nomlangan kitobning “ekstremistik material” deb tan olinishi turtki bo‘ldi. Shuningdek, hakam tomonidan Qur'ondan olingan parchalar ham ekstremistik deb atalgan. Ramzon Qodirov bunga aloqador bo‘lgan hakam va prokurorni “shayton va fitnachilar” deb atab, ularning qarori ustidan sudga da'vo arizasi topshirgan.
“Muqaddas Oshuro kuni tarixiy voqea yuz berdi! Rossiya Davlat dumasi bir ovozdan Qur'on suralari va oyatlarini ekstremistik deb e'lon qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasi Davlat dumasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan kiritildi! Vatanimizning barcha musulmonlari buning uchun Putinga cheksiz minnatdorlar. Ishonchim komilki, bu qonun Rasululloh (s.a.v) ummatining yuraklarida o‘z aksini topadi. Allohning marhamati bilan bu kuni Ibrohim alayhissalom olovdan qutqarilganlar, Nuh alayhissalom kemasi qo‘nim topgan, A'yub alayhissalom azob-uqubatli kasallikdan forig‘ bo‘lgan, Muso alayhissalom va uning xalqi fir'avn zulmidan qutqarilgan. Va shunday muqaddas kun Vladimir Putin qat'iyatlik bilan Qur'onni e'tiqodsiz va vatanparvar bo‘lmagan odamlar tajovuzidan himoya qildi. Vladimir Vladimirovich tufayli bizning davlatda tenghuquqlik bor, hech kim diniy e'tiqodi uchun taqib qilinmaydi. Bugun bizda yuzlab masjidlar, hofizlar maktablari, madrasalar bor. Vladimir Vladimirovich Rossiya islomning eng yaxshi do‘sti, deb aytgan. U buni amalda isbotladi! Bugundan boshlab men milliy yetakchimiz Vladimir Putinga ming chandon kuchliroq vafodor bo‘laman va uning istalgan murakkablikdagi buyrug‘ini so‘zsiz bajaraman!”, deb o‘z xursandchiligi bilan bo‘lishdi Ramzon Qodirov.