Jahon | 20:35 / 23.10.2015
4216
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federal migratsiya xizmati: Rossiyada 3,7 mln noqonuniy muhojir bor

Rossiyada 3,7 mlnga yaqin xorijlik noqonuniy yuribdi. Bu haqda Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari o‘rinbosari Anatoliy Fomenko Davlat dumasidagi muzokaralarda ma'lum qildi.

Fomenkoning aytishicha, asosiy muammo shundaki, Rossiya bilan viza joriy qilinmagan davlatlardan kelgan muhojirlar qonuniy bo‘lishi muddati tugagandan keyin, hattoki ishga joylashmaganiga qaramasdan, o‘z vataniga qaytishni istamaydi. Hozirda Rossiyada bunday davlatlardan kelgan fuqarolar 9 mln ga yaqinni tashkil qilmoqda. Shu tariqa ular noqonuniylar muhojirlar turkumiga o‘tadi.

“Bizning axborot tizimimizning ko‘rsatishicha, hozirda mamlakatda qonuniy bo‘lish muddatini buzgan 3,7 mln dan ko‘proq odam bor”, deb aytdi Fomenko.

Fomenkoning aytishicha, bunday qoidabuzarlar doimiy daromad ega bo‘lmagani sababli jinoyatchilik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishi mumkin.

“Joriy yilda biz 395 ming qoidabuzarga Rossiyaga kirishni yopdik, o‘tgan yili bu raqam 570 ming kishini tashkil qilgan edi. Bu biz qoidabuzarlarni “siqib chiqarganimizni” anglatadi. Vaziyat sekin-asta sog‘lomlashmoqda”, deb xulosaladi o‘z fikrlarini Fomenko.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish