Jamiyat | 16:35 / 23.10.2015
3941
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik erkak o‘z sobiq sevgilisiga o‘xshatgan besh ayolni jarohatladi

Xitoyda pichoq bilan ayollarga hujum qilib, ularga orqa tomondan jarohat yetkazgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar qildi.
Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasi Yantay shahrida yashovchi erkak sobiq sevgilisi bilan ajrashganidan so‘ng bank kartasi va pasporti yo‘qolganini payqab qoladi.

Shu bois u o‘zining sobiq sevgilisini topishga qaror qiladi. Ko‘chada unga o‘xshash ayolga duch kelishi bilan pichoq yordamida ularning dumbasiga jarohat yetkazgan. Xatosini anglagandan keyin esa yo‘lida davom etgan. Politsiya tomonidan qo‘lga olinganiga qadar jinoyatchi besh ayolni jarohatlab ulguradi.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ular hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish