Jahon | 18:43 / 24.10.2015
7597
1 daqiqa o‘qiladi

AP: Rossiyaning Suriyadagi kampaniyasi qochqinlarni ruhlantirmoqda

Qariyb bir oydan beri davom etayotgan Rossiya aviatsiyasining Suriyada terrorchilarga qarshi aviazarbalari Suriyadagi fuqarolik urushidan yashirinishga majbur bo‘lgan qochqinlarni ma'nan ruhlantirmoqda, deb yozmoqda Associated Press agentligi.

Rossiya Venada AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya bilan muzokaralar o‘tkazdi va hali ham Suriyadagi ixtilof Bashar Asad va Suriya xalqi ishtirokida hal qilinishi kerakligini talab qilmoqda.

Lataqiya viloyati poytaxti yaqinida yashayotgan qochqinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriyadagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

“Men Rossiya yordamida bizning harbiylar oldingi siljib, terrorchilarni yer tishlatishlariga va biz uyimizga qayta olishimizga umid qilaman”, deb aytdi jiddiy jarohatdan keyin qochqinlar lageriga tushib qolgan suriyalik harbiy Ahmad Attan.

Shuningdek, suriyalik askarlar va ularning oilalari ham Putinni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib o‘tdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish