Jahon | 09:13 / 24.10.2015
6440
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva-Tehron sayyohlik poyezdi O‘zbekiston hududidan o‘tadi

2016 yilda Moskvadan Tehronga sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

The Financial Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, 9675 km masofani tashkil qiladigan bu yo‘nalishning bir qismi O‘zbekiston hududidan o‘tadi.

Bu loyihani amalga oshirish bo‘yicha Golden Eagle kompaniyasi ish olib bormoqda.

"Buyuk Ipak yo‘li" o‘tgan yo‘llar bo‘ylab o‘tadigan bunday poyezdda sayyohlar 13595 yevro sarflab, 14 kun davomida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlarida bo‘lishlari mumkin. Bu sayohat tarkibiga Moskvadagi mehmonxonada bir kun, Tehrondagi mehmonxonada 2 kun tunash ham kiradi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish