Jamiyat | 17:10 / 24.10.2015
4072
1 daqiqa o‘qiladi

O‘shda sotish maqsadida bomba yasagan erkak qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida militsiya xodimlari Abduqodirov ko‘chasidagi ko‘prik ostidan portlovchi moddalar topildi. Bu haqda shahar IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv natijasida ko‘milgan RGD-5 granatasi hamda yasama bomba borligi aniqlandi. Ushbu ish yuzasidan 241 modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan (noqonuni ravishda qurol hamda portlovchi moddalarni olib yurish hamda saqlash).

Portlovchi moddani tayyorlashda gumonlanib Jalolobod viloyati Chotqol tumanida istiqomat qiluvchi 29 yoshli B.M qo‘lga olindi. Tergov jarayonida gumonlanuvchi shaxs portlovchi moddalar o‘ziga tegishli ekanini, biroq ularni sotish uchun saqlab yurganini tan olgan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish