Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘zini temir qanotli kabutar deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumidagi ishtirok vaqtida o‘ziga berilgan murakkab savoldan mohirlik bilan chiqib keta oldi.
«Kommersant'» nashrida yozilishicha, matbuot uchun yopiq tarzda o‘tkazilgan forum vaqtida ishtirokchisi Putindan o‘zini "lochin" va "kabutar"dan qaysi biriga ko‘proq o‘xshatishini so‘ragan.
"Men kabutarman, lekin qanotlarim lochinnikidek. Ya'ni men temir qanotli kabutarman", deya javob bergan Putin.
Qayd etilishicha, u bu javobi davomida qushning uchishini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, qo‘llarini ikki yoniga yoyib, silkitgan.